Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magistraturaga kirish imtihonlari 8-20 sentabr kunlari o‘tkaziladi
Imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.
2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlari karantin talablariga qat'iy rioya qilingan holda 2020 yil 8-20 sentabr kunlari o‘tkaziladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, bu O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son majlisi bayoni qarorida belgilab qo‘yildi.
Qayd etilishicha, imtihonlar test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilida ta'limning magistratura bosqichiga respublika bo‘yicha jami 10 425 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan.
Shundan 5475 nafari grant, 4950 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.
Mavzuga oid
10:09 / 24.04.2026
Universitetlar AI sabab imtihon tizimini o‘zgartirmoqda
23:33 / 17.04.2026
Maktablarda yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari sanasi belgilandi
13:01 / 09.01.2026
Davlat stipendiyalarini tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
18:52 / 15.11.2025