Jamiyat | 09:38 / 03.09.2020
13214
2 daqiqa o‘qiladi

PPX xodimlari avtomashinani tunagan qizlarni qo‘lga oldi

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yil 26 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi ayol IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati.

U shu kuni soat 06:45larda Namangan shahar “Chorsu dehqon bozori”ga kirish joyida turmush o‘rtog‘ining “VAZ-2106” rusumli avtomashinasi yukxonasida bo‘lgan umumiy narxi 2.000.000 so‘mlik buyumlar hamda shu sumka ichida bo‘lgan 1.500.000 so‘m pullarini noma'lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan viloyati IIB PPX va JTSB PPXB safdor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida 27 avgust kuni ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2001 va 2003 yilda tug‘ilgan ikki nafar qiz sodir etganligi aniqlangan hamda daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli fuqarolar, avtomashinangiz va moddiy boyliklaringizni qarovsiz qoldirmang. Birozgina e'tiborsizlik yana bir jinoyatga yo‘l ochishi mumkin” - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid