Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironlar ijtimoiy himoyasiga qaratilgan loyihalar moliyalashtiriladi
Tanlab olingan loyihalarni amalga oshirish uchun 3000-5000 AQSh dollari qiymatidagi moliyaviy ko‘mak ajratiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ijtimoiy himoya bo‘yicha Qo‘shma dasturi nogironlik masalalari bo‘yicha kichik loyihaviy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi tanlov e'lon qilmoqda. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalar bilan ishtirok etish mumkin.
Loyihalar nogironligi bor insonlarning ijtimoiy himoyadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamoat hayotining turli jabhalaridagi faolligini ta'minlashni nazarda tutishi lozim. Xususan, COVID-19 pandemiyasi sharoitida nogironligi bor insonlar, ayniqsa nogironligi bor ayollar va yoshlarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan innovatsion yondashuvlarga asosiy e'tibor qaratiladi.
Tanlab olingan loyihalarni amalga oshirish uchun 3000-5000 AQSh dollari qiymatidagi moliyaviy ko‘mak ajratiladi.
Ishtirokchilar o‘z loyihasini batafsil tavsiflovchi, shu jumladan, O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi sharoitida uning maqsadi, afzalliklari, dolzarbligi va amalga oshirilishini tavsiflovchi arizani to‘ldirishlari kerak bo‘ladi. Arizalar joriy yilning 15 sentyabriga qadar qabul qilinadi.
Tanlov uchun loyihalarga qo‘yiladigan talablar va ariza topshirish tartibi bilan bu yerda batafsil tanishish mumkin.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026