Jamiyat | 18:01 / 05.09.2020
31309
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda jinoyat yo‘liga kirgan ovsinlar ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 24 avgust kuni soat 10:00da Namangan shahri “Chorsu” bozorida joylashgan “Avtoshoxbekati” oldida noma'lum shaxslar 38 yoshli N.T.ning qulog‘ida bo‘lgan bir dona narxi 1.500.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan ziragini tortib olib ketganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, shu kuni soat 13:00da Namangan shahri “Chorsu” dehqon bozorida ham noma'lum shaxslar 27 yoshli O.S.ning qulog‘ida bo‘lgan bir dona narxi 2.000.000 so‘mlik sariq metalldan yasalgan ziragini tortib olib hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi ovsinlar, 26 yoshli G.S., M.Yu. va 22 yoshli N.Yu. sodir etganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid