Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Terma jamoa o‘yinini stadionda niqobsiz kuzatgan Ronalduga tanbeh berildi
Portugaliya terma jamoasining o‘yinini tribunadan niqobsiz kuzatib o‘tirgan Krishtianu Ronaldudan himoya vositasini taqib olishi so‘raldi. Bu haqda Sport24 portali xabar berdi.
5 sentyabrda Portudagi “Dragau” stadionida Millatlar ligasining Portugaliya va Xorvatiya o‘rtasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ronaldu ari chaqishdan keyingi infeksiyadan davolanayotgani sababli uchrashuvda ishtirok eta olmagan. Biroq Yevropaning amaldagi chempionlari jamoa yetakchisi yo‘qligiga qaramay, 4:1 hisobidagi yirik g‘alabaga erishishgan.
Ammo Ronaldu stadiondan o‘z terma jamoasini qo‘llab-quvvatlab turgan. Lahzalardan birida uchrashuv operatori kamera nigohini tribunada o‘tirgan Krishtianuga qaratgan. Aynan shu vaqtda futbolchining yoniga stadion xodimasi kelib, undan himoya niqobini taqib olishni so‘ragan.
Nunca se esqueçam da máscara 😷 pic.twitter.com/hNPmHOwUyY
— B24 (@B24PT) September 5, 2020
Futbolchi tavsiyalarga tezda amal qilib, yonida yotgan niqobni olib, yuziga taqqan. E'tiborlisi, Ronalduning atrofidagi barcha odamlar niqobda bo‘lgan va shu sababli uning himoya vositasini taqmagani yaqqol ko‘zga tashlangan.
Joriy hafta boshida Ronaldu o‘ng oyog‘i barmog‘ida og‘riq sezgan va shu sababli mashg‘ulotlarni to‘xtashiga to‘g‘ri kelgan. Aniqlanishicha, futbolchida infeksiya bo‘lgan va uni ari chaqishi keltirib chiqargan. Portugaliya murabbiysi Fernandu Santush o‘yinchining salomatligini xavf ostiga qo‘yishni istamay, uni mashg‘ulotlardan ozod qilgan.
Portugaliya keyingi o‘yinini 8 sentyabrda Shvetsiyaga qarshi o‘tkazadi.
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026