Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navalniy komadan chiqarildi
Aleksey Navalniy 20 avgustdan buyon koma holatida yotgandi.
Aleksey Navalniy tibbiy komadan chiqarildi, deb xabar berdi Berlindagi Charite klinikasi.
Xabarda aytilishicha, siyosatchiga ulangan o‘pkaga sun'iy nafas berish qurilmasi o‘chirilgan.
Aleksey Navalniy 20 avgustdan buyon koma holatida yotgandi. U Tomskdan Moskvaga uchayotgan samolyotda hushini yo‘qotgandi. Samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirganidan so‘ng siyosatchi Omskdagi kasalxonaga yotqizilgan, u o‘pkaga sun'iy nafas berish qurilmasiga ulangan.
Qator tekshiruvlardan so‘ng omsklik shifokorlar Navalniyning organizmida zahar asoratlari topilmaganini ma'lum qilishdi.
Navalniy 22 avgust kuni Berlinga olib ketildi va Charite klinikasiga yotqizildi. Klinika mutaxassislari siyosatchi ingibitor xolinesterazalar guruhiga kiruvchi toksin bilan zaharlanganini bildirishdi.
Mavzuga oid
21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi
17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi
23:41 / 22.12.2022
Navalniy jamoasi darknetda «maxfiy shtab-kvartira» ishini muvofiqlashtiruvchi sayt ochdi
21:45 / 02.10.2022