Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada to‘fon sababli 9 mlnga yaqin kishi evakuatsiya qilinishga chaqirildi
Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismiga yopirilgan “Xayshen” to‘foni oqibatida kamida 36 kishi jabrlandi. Hukumat 8,59 mln kishini evakuatsiya qilinishga chaqirgan.
Eng ko‘p jabrlanganlar Kyusyu orolining Nagasaki, Kagosima va Kumamoto prefekturalariga to‘g‘ri kelgan.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 6 sentyabrda hukumatning tezkor yig‘ilishini o‘tkazib, unda mahalliy aholini himoya qilish uchun barcha ishni amalga oshirish vazifasini topshirgan.
To‘fon ichidagi shamol tezligi soniyasiga 60 metrni tashkil qilmoqda. Ta'kidlanishicha, 7 sentabr soat 18gacha Kyusyuga 500 mmgacha yog‘ingarchilik tushishi mumkin.
Ayni vaqtda superto‘fon Janubiy Koreyaga 35 km/soat tezlik bilan yo‘nalmoqda va yaqin soatlarda Koreya yarimoroliga yopirilishi kutilmoqda. Shu sababli mamlakatda xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilingan. To‘fon ayniqsa Yapon dengizi bo‘yida joylashgan Pusan va Cheju kurort oroliga katta xavf solmoqda.
O‘z navbatida Janubiy Koreya prezident Mun Chje In ham to‘fondan ko‘riladigan zararni minimumga keltirish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurgan.
“Xayshen” Yaponiyaga oxirgi hafta ichida yopirilayotgan ikkinchi to‘fondir. Bir necha kun avval Kunchiqar mamlakatda oxirgi bir necha yil ichidagi eng kuchli to‘fonlardan biri bo‘lgan “Maysak” avj olgandi. To‘fon sababli Yaponiyada maktablar yopilgan, poyezdlar qatnovi to‘xtagan. Yuzlab aviareyslar bekor qilingan.
“Maysak”, shuningdek, Shimoliy Koreyaga katta talafot yetkazgan. Mahalliy OAVda ma'lum qilinishicha, to‘fon o‘nlab qurbonlarga olib kelgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026