O‘zbekiston | 08:28 / 08.09.2020
5618
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Moskvadagi yig‘ilishda ishtirok etadi 

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT TIVK bo‘lajak yig‘ilishida ishtirok etadi.

2020 yilning 9-10 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari bo‘lajak ShHT sammitiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladilar hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashadilar.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deyiladi TIV xabarida. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid