O‘zbekiston | 09:39 / 08.09.2020
18862
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Tojikistonga boradi

Abdulla Aripov butun dunyoda pandemiya e'lon qilinganidan keyin Tojikistonga tashrif buyuradigan birinchi yuqori martabali xorijiy hukumat amaldori bo‘ladi.

Foto: uznews.uz

O‘zbekiston bosh vaziri O‘zbekiston hukumati mablag‘lari hisobiga qurilgan va jihozlangan umumta'lim maktabining ochilish marosimiga keladi, deb xabar berdi «Aziya-Plyus»ga So‘g‘d viloyati rahbari ma'muriyatidagi manba.

So‘g‘d viloyati Spitamen tumanida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurildi. Uni qurish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan.

Tantanali marosim sanasi diplomatik kanallar orqali tasdiqlanadi.

So‘g‘d viloyati Spitamen tumanida maktab qurilishidan tashqari, O‘zbekiston tomoni Xatlon viloyati Kubodiyon tumanida 200 o‘rinli shifoxona ham qurmoqda.

Tojikiston Samarqand shahrida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurilishi to‘g‘risida ma'lum qilgandi. Shuningdek, tojik tomoni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida bitta maktabgacha ta'lim muassasasini qurmoqchi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid