Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple 15 sentyabrda yangi iPhone’larni taqdim qiladi
Apple kompaniyasi yangi smartfonlarining an'anaviy kuzgi taqdimoti 15 sentyabrda o‘tishini ma'lum qildi. Koronavirus pandemiyasi sababli taqdimot odatdagidan bir hafta kech va tomoshabinlarsiz o‘tadi.
AQSh kompaniyasi birdaniga 4 ta yangi iPhone’ni taqdim qiladi. Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, taqdimotda 5,4 va 6,1 dyuymli iPhone 12 hamda 6,1 va 6,7 dyuymli iPhone 12 Pro va Pro Max namoyish qilinadi. Birinchi marta barcha smartfonlar OLED-displey bilan jihozlanadi. Shuningdek, yangi smartfonlar 5G-tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfonlar odatdagidan kechroq sotuvga chiqadi. Uning sanasi taqdimotda oshkor qilinishi mumkin. Avvalroq Apple gadjetlari sentyabrda sotuvga chiqmasligini tasdiqlagan.
Bundan tashqari, AQSh kompaniyasi yangi iPad Air planshetini, yangi avloddagi Watch smart-soatlarini va HomePod “aqlli” karnayining kichikroq versiyasini taqdim qilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:30 / 10.06.2026
Yangi Siri: Apple sun’iy intellekt poygasiga jiddiy qo‘shildi
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026