Jamiyat | 12:18 / 08.09.2020
6542
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand tumanida 7 yoshli bola YTH natijasida vafot etdi

YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 7 sentabr kuni soat 15:00larda, Samarqand viloyati Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy, ichki avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.M. “Lasetti” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda, 2013 yilda tug‘ilgan S.S.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda, voyaga yetmagan, 7 yoshli S.S. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha ota-onalardan farzandlariga e'tiborli bo‘lishlarini, voyaga yetmagan farzandlarini avtomobil yo‘llarida yolg‘iz harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid