Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-sinf o‘quvchilariga «Prezident sovg‘asi» 14 sentabr kuni topshiriladi
“Prezident sovg‘asi” o‘qishning an'anaviy yoki masofaviy shaklini tanlaganidan qat'i nazar, barcha o‘quvchilarga beriladi.
Joriy yilda ham odatdagidek 1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” topshiriladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi O‘zAga ma'lum qildi.
Maxsus komissiya qaroriga binoan, pandemiya sharoitini hisobga olib maktablarda yangi o‘quv yilining birinchi kuni 14 sentabr etib belgilandi. Maktablarda ayni shu kuni 650 mingga yaqin o‘quvchiga “Prezident sovg‘asi” topshirilishi rejalashtirilgan.
1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibidan 12 turdagi o‘quv qurollari, jumladan portfel, daftarlar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim va o‘chirg‘ich o‘rin olgan.
Shuningdek, vazirlikning ma'lum qilishicha, “Prezident sovg‘asi” o‘qishning an'anaviy yoki masofaviy shakli tanlanganidan qat'i nazar, barcha o‘quvchilarga beriladi. Bunda “Prezident sovg‘asi” masofaviy o‘qishni tanlagan 1-sinf o‘quvchilarining ota-onalariga topshiriladi.
Mavzuga oid
16:42 / 04.09.2023
Yangi darsliklar va xorijlik “til egalari” – 700 mingdan ortiq bolalar uchun ilk o‘quv yili boshlandi
13:29 / 12.08.2023
1-sinfga boradigan o‘quvchilar uchun «Prezident sovg‘asi»ni maktablarga yetkazib berish boshlandi
20:33 / 11.08.2023
1-sinf o‘quvchilari uchun «Prezident sovg‘asi»ni maktablarga yuborish boshlandi
18:40 / 25.04.2023