Yangi darsliklar va xorijlik “til egalari” – 700 mingdan ortiq bolalar uchun ilk o‘quv yili boshlandi
Yangi o‘quv yilida boshlang‘ich sinflar uchun o‘quv dasturlari yangilanib, jahon standartlariga mos yangi darsliklar chop etildi. 1-sinfga qabul qilingan bolalar uchun 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
4 sentabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab 10 mingdan ortiq maktablarda 2023/2024 o‘quv yili boshlandi. Kun.uz muxbiri Toshkent shahridagi 190-maktabda bo‘lib, birinchi qo‘ng‘iroq tadbirini kuzatdi.
Yangi o‘quv yilida mazkur maktabda 10 ta 1-sinf ochilgan (1A–1K).
“Davlat rahbarimiz tashabbusi bilan o‘quvchilarga bitta kasb va ikkita xorijiy til o‘rgatish ham asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. Buning uchun Respublikamizga 500 dan ortiq xorijiy til o‘qituvchilari kirib keldi va turli hududlarda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakalari oshirildi yangi dastur bo‘yicha dars o‘tishlari uchun. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, o‘tgan o‘quv yilida 400 mingga yaqin o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, bu yil 700 mingdan ortiq o‘quvchi birinchi sinfga chiqyapti.
Prezident sovg‘alari oldingidek qiz va o‘g‘il bolalarga alohida emas, balki ikkalasiga ham tushadigan rang va dizaynda taqdim etildi.

Davlat rahbari tomonidan yangi o‘quv yili oldidan kengaytirilgan video selektor ham o‘tkazildi. 4 ta yo‘nalishda asosiy vazifalar qo‘yildi. Birinchidan o‘qituvchi va murabbiylarning malakasini oshirish. Ikkinchidan, o‘quv dasturlari masalasi, prezident maktablari, ixtisoslashgan va ijod maktablarining 4 yillik sinovdan o‘tgan dasturlari umumiy o‘rta ta’lim maktablariga joriy qilinadi. Hozirda 500 maktabga joriy qilindi, agar o‘zini oqlasa, keyingi yildan ustamalar qo‘shiladi. Uchinchidan, direktorlar masalasi, bunda faqat Abdulla Avloniy nomidagi malaka oshirish institutidan tavsiya etilgan nomzodlar tayinlanadi, viloyatlarda direktorlar kengashi ham tuzildi ular bilan suhbat qilish uchun. To‘rtinchidan esa mavjud maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yangi maktablar qurish bo‘yicha mas’ullarga qator topshiriqlar berildi”, — deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev.
Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida mahalliy hokimlik, jamoatchilik vakillari, o‘quvchilarning ota-onalari hamda maktabning taniqli bitiruvchilari ham qatnashdi.
Qayd etish joiz, joriy o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan 700 mingdan ortiq bolalarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshirildi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kurskdagi qurbonlar - komendantlik soatini buzganlar, vayronalar ostida qolganlar va yuragi dosh bermaganlar
Jahon | 10:25
-
Antarktidadagi bazada olim o‘z rahbariga hujum qildi
Jahon | 10:12
-
Toshkentda yo‘l haqi uchun naqd pul talab qilgan avtobus haydovchisi ishdan olindi
Jamiyat | 10:03
-
Yevropa Ittifoqi va hamkorlar Suriya va uning qo‘shnilariga 5,8 mlrd yevro ajratadi
Jahon | 09:42
Mavzuga oid

12:47 / 26.06.2024
Samarqandda O‘zbekiston-Germaniya salomatlik fanlari oliy maktabi ochildi

07:59 / 26.06.2024
Ayrim maktablar xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi

14:34 / 19.06.2024
O‘zbekistonda ayrim o‘qituvchilarning oylik maoshi oshirilishi mumkin

10:46 / 10.06.2024