O‘zbekiston | 09:02 / 09.09.2020
4249
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada ijaradagi Lacetti'ni sotib yuborgan shaxs qamoqqa olindi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2019 yilning avgust oyida Farg‘ona shahrida fuqaro Sh.A. G‘.T.ning ishonchiga kirib, Lacetti rusumli avtomashinasini ijara asosida vaqtincha boshqarish uchun olgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan avtomashinani 12.500 AQSh dollari evaziga F.M.ga sotib, ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” (firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid