Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning maxfiy fazoviy kemasi orbitada noma'lum jism qoldirdi - OAV
Xitoyning sir tutilayotgan ko‘p marotabalik fazoviy kemasi sinov parvozi davomida orbitada noma'lum jism qoldirdi. SpaceNews nashrining yozishicha, yangi obektga NASA agentligi katalogida NORAD ID 46395 belgisi berilgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu jism 348 km balandlikda joylashgan. Mutaxassislar hozircha uning vazifalari nimadan iboratligidan bexabarlar. Taxmin qilinishicha, u Xitoy kemasi orbitadan chiqib ketishiga 2 aylana qolganda orbitaga chiqarilgan.
Kosmoplan deb ta'riflanayotgan Xitoy kemasi orbitaga 4 sentyabrda “Chanchjen-2F” raketasi yordamida chiqarilgan. Bu Xitoyda ishlab chiqilgan birinchi shunday qurilmadir. Kema 2 kun orbitada qolgach, 6 sentyabrda Yerga qaytgan.