O‘zbekiston | 11:33 / 10.09.2020
3987
2 daqiqa o‘qiladi

Endilikda xorijlik fuqarolar ham o‘zini o‘zi band qilishi mumkin

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qiluvchi fuqarolar uchun 67 ta faoliyat turi taklif etilgan.

Xorijlik fuqarolar, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham o‘zini o‘zi band qilib ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Soliq (Android uchun) mobil ilovasining yangilangan versiyasiga yana bir xizmat qo‘shildi. Ro‘yxatdan o‘tishda tizim ERI (elektron raqamli imzo) talab etadi. ERIni e-imzo.uz sayti orqali qisqa fursatlarda masofadan olish mumkin. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik shtrix kod (QR-kod) bilan tasdiqlanadi.

“Mamlakat fuqarosi hisoblanmasangiz ham o‘zingiz uchun qonuniy ishlash imkoniyatidan foydalaning. Biroq, ushbu tizimdan ro‘yxatdan o‘tib, ishchilarni yollash yoki ish beruvchiga ega bo‘lish mumkin emas”, - deyiladi xabarda.

Buyurtmalarni qabul qilish va ko‘rsatilgan xizmatlar (tovarlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirish, yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishda (tovarlarni sotishda) elektron hisob-kitob fakturalarni taqdim qilish va kredit olish maqsadida ixtiyoriy ravishda daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish imkoniyatlari beriladi.

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qiluvchi fuqarolar uchun 67 ta faoliyat turi taklif etilgan. Ular uchun 2020 yil uchun ijtimoiy soliqni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qat'i nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida to‘lash, pensiya hisoblash va ish stajiga ega bo‘lish huquqi kafolatlangan.

Mavzuga oid