Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda
Yerni ijaraga berish shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinsa, ijarachi shartnomada nazarda tutilgan muddat yakuniga qadar yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
Senatning 7-yalpi majlisida «Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun ma'qullandi.
Mazkur hujjat bilan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Yer kodeksi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Yaylovlar to‘g‘risida»gi, «O‘rmon to‘g‘risida»gi, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish belgilanmoqda.
Senator Bahodir Tojiyev qonun bilan belgilanayotgan asosiy o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi.
«Hujjatda investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar, shuningdek, lalmi yerlar va o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berishning aniq mexanizmlari belgilanmoqda.
Shuningdek, qonunda yerni ijaraga berish shartnomasi muddatidan ilgari bekor qilinsa, ijarachi shartnomada nazarda tutilgan muddat yakuniga qadar yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan», deya senatorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026