Belarus chegarasi yaqiniga AQSh qo‘shinlari joylashtirilayotgani ma'lum qilindi
Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin mamlakatning Litva bilan chegarasi yaqiniga AQShning tank polki tashlanganini ma'lum qildi. Vazirning ta'kidlashicha, AQSh qo‘shinlari chegaraga “Atlantik qat'iyat” (Atlantic Resolve) va “Kuchaytirilgan ilg‘or ishtirok” (Enhanced Forward Presence) amaliyotlari doirasida joylashtirilmoqda.
“NATO qo‘shinlarining qo‘shni davlat hududida harakatlanishi yuz bermoqda. Jumladan, bu vaqtda chegaramizdan 15 km uzoqlikdagi Pabrada poligoniga (Litva) AQSh 69-tank polkining 2-tank batalonining tashlanishi amalga oshirilmoqda”, deb ma'lum qilgan Xrenin.
Uning ta'kidlashicha, hukumatni Belarusning g‘arbiy chegaralari yaqinida AQShning 500 harbiysi, 29 tanki va 43 ta jangovar mashinasi borligi tashvishlantirmasdan qo‘ymaydi va Belarus qurolli kuchlari bunga munosib harakat qilmoqda. Respublikaning raketa qo‘shinlari, artilleriyasi, harbiy-havo kuchlari va havo hujumiga qarshi qo‘shinlari o‘quv-jangovar navbatchilik holatiga keltirilgan. Shuningdek, tank bataloni jangovar shay holatda turibdi.
Avgust oxirida Belarusning Grodno oblasti yo‘nalishida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilgan. Ushbu mashg‘ulotlar doirasida G‘arb tomondan keluvchi shartli dushmanga qarshi kurashish mashq qilingan. O‘shanda Xrenin ushbu mashg‘ulotlar o‘tkazilishi zaruratini mamlakat ichki ishlariga tashqaridan aralashishga urinishlar bo‘layotgani bilan tushuntirgandi.
Bundan avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko boshqa davlatlar respublikadagi nobarqaror vaziyatdan foydalangan holda Grodno oblastini egallab olib, uni Polshaga qo‘shishga urinayotganini aytgan. Lukashenko, shuningdek, NATOni Belarus chegaralari yaqiniga qo‘shinlar tashlashda ayblagan. Biroq alyans bunga javoban Belarus prezidentining xavotirlanishiga asos yo‘qligini aytgan.
Mavzuga oid
16:55
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024