O‘zbekiston | 08:47 / 14.09.2020
4134
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada namunali uy sotib olmoqchi bo‘lgan ayol 5000 dollarga aldandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2019 yilning bahor faslida Farg‘ona shahrida A.X. ismli ayol tanishi G.A. ismli ayolning ishonchiga kirib, 5000 AQSh dollari evaziga shaharda qurilayotgan namunali uylardan olib berishni aytgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, A.X. pullarni olib, bergan va'dasini bajarmasdan, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni hushyor bo‘lishni, aks holda firibgarlarga aldanib qolish mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid