O‘zbekiston | 11:04 / 14.09.2020
4755
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 51 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi

Respublika bog‘larida yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti bo‘yicha Qozog‘iston 22,8 ming tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

Joriy yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, qiymati 46,8 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 51 ming tonnadan ziyod uzum mahsuloti xorijga eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 ming tonnaga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, eksport qilingan mazkur uzum mahsulotining eng ko‘p ulushi Farg‘ona (15,3 ming tonna), Toshkent (9,6 ming tonna), Namangan (7,2 ming tonna), Xorazm (3,6 ming tonna) va Qashqadaryo (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma'lumot o‘rnida, respublika bog‘larida yetishtirilgan uzum mahsulotining eksporti bo‘yicha Qozog‘iston 22,8 ming tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 20,6 ming tonna va Qirg‘iziston Respublikasiga 7,1 ming tonna uzum mevasi eksport qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid