O‘zbekiston | 23:53 / 14.09.2020
39660
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari qariyb 48 mingga yetdi

14 sentabr kuni O‘zbekistonda 572 kishida koronavirus aniqlanib, 524 bemor sog‘aydi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami holatlar 47 995ta, tuzalganlar 44 526 nafar, qurbonlar esa 398 nafarni tashkil etmoqda. 14 sentyabrda ham 6 kishi vafot etgani xabar qilindi.

Yangi holatlar (+572)

Toshkent shahri va Toshkent viloyati asosiy kasallanish o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda. Ajablanarlisi, so‘nggi uch kunda 151 nafar yangi bemor aniqlangan Samarqand viloyatida 14 senyatbr kuni birorta ham holat qayd etilmadi.

  • Toshkent shahri – 377
  • Toshkent viloyati – 130
  • Andijon viloyati – 17
  • Jizzax viloyati – 11
  • Namangan viloyati – 10
  • Surxondaryo viloyati – 8
  • Farg‘ona viloyati – 7
  • Buxoro viloyati – 7
  • Qashqadaryo viloyati – 5

Tuzalganlar (+524)

Jami 48 mingga yaqin bemorning 44,5 mingdan ortig‘i tuzalib chiqdi. Davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahri – 296
  • Toshkent viloyati – 130
  • Samarqand viloyati – 75
  • Andijon viloyati – 8
  • Surxondaryo viloyati – 6
  • Farg‘ona viloyati – 6
  • Namangan viloyati – 3

O‘lim holatlari (+6)

Vazirlik 14 sentabr kuni 6ta o‘lim holati haqida ma'lumot berdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, qurbonlar – 398 nafar. Ammo Sog‘liqni saqlash vazirligi qayd etmagan, ammo boshqa davlat idoralari tomonidan rasman tasdiqlangan o‘ndan ortiq qurbonlar mavjud.

  • Sergeli tumanida yashagan 57 yoshli R.R. (ayol)
  • Yunusobod tumanida yashagan 33 yoshli L.M. (ayol)
  • Yakkasaroy tumanida yashagan 70 yoshli R.G. (erkak)
  • Olmazor tumanida yashagan 56 yoshli M.A. (ayol)
  • Mirobod tumanida yashagan 63 yoshli O.K. (ayol)
  • Nukus shahrida yashagan 41 yoshli Q.A. (erkak)

Davolanayotgan bemorlar soni 3071 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan qanchasi uyda, qanchasi shifoxonada davolanayotgani ma'lum emas.

Ayni paytda 483 kishi og‘ir, 246 kishi esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid