Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi etib tayinlanadi
YeTTBning sobiq rahbari Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ladi.
«Men [Prezident Shavkat Mirziyoyevga] islohotlar dasturini amalga oshirishda yordam berish vaqti kelishini orziqib kutyapman», - deb yozgan Suma Chakrabarti Twitter’da.
Suma Chakrabarti 2012 yil iyulidan 2020 yil iyuligacha YeTTB prezidenti bo‘lib ishlagan. YeTTBga rahbarlik qilishdan avval u Xalqaro taraqqiyot departamentining doimiy kotibi (2002-2007) bo‘lgan va Birlashgan Qirollikning Adliya vazirligida (2007-2012) ishlagan.
Joriy yilning iyul oyida Suma Chakrabarti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari» uchun «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025