2 iyul kuni öz vaqolatlarini topşirgan Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki sobiq prezidenti Suma Çakrabarti Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmoniga köra «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidentining rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

«Özbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki örtasidagi strategik şeriklikni yölga qöyiş va köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasidagi ulkan xizmatlari, şuningdek, respublikada amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturlarining samaradorligini ta'minlaşga, sanoat va infratuzilma tarmoqlarini modernizatsiya qiliş böyiça ustuvor investitsiyaviy loyihalarga qöşayotgan şaxsiy hissasi va kömagi, mamlakatda qulay sarmoyaviy va işbilarmonlik muhitini şakllantiriş jarayonlarini faol qöllab-quvvatlagani uçun Suma Çakrabarti Özbekiston Respublikasining «Döstlik» ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi farmon matnida.
61 yoşli hindistonlik ingliz funksioneri 2012 yil 18 mayida YeTTB prezidenti etib saylangan, 4 yillik mandati yakunida — 2016 yil mayida lavozimiga qayta saylangan edi.
2 iyuldan boşlab bankka birinçi vitse-prezident Yurgen Rigterink vaqtinça rahbarlik qilmoqda. Idora prezidentligi uçun saylov kuzda bölib ötadi.
















