Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 24,4 mln dollarlik qovun-tarvuz eksport qildi
Qovun eksportida Jizzax viloyati 7,6 ming tonna va tarvuz eksportida Qashqadaryo viloyati 7,2 ming tonna ko‘rsatkich bilan hududlar orasida yetakchilik qilmoqda.
Joriy yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, qiymati 24,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 79,3 ming tonnadan ziyod qovun-tarvuz xorijga eksport qilindi. Bu yil O‘zbekiston 18 ta davlatga qovun-tarvuz sotgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, qovun-tarvuz eksporti bo‘yicha Qozog‘iston 39,9 ming tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Rossiya Federatsiyasi (16,2 ming tonna) va Qirg‘iz Respublikasini (14,6 ming tonna) ko‘rish mumkin.
Ma'lumot o‘rnida, qovun eksportida Jizzax viloyati 7,6 ming tonna va tarvuz eksportida Qashqadaryo viloyati 7,2 ming tonna ko‘rsatkich bilan hududlar orasida yetakchilik qilmoqda.
Mavzuga oid
18:38 / 03.03.2026
Ro‘yxatga olishda 8,3 million xonadonda yashovchi aholi qamrab olindi
12:25 / 03.03.2026
2026 yilning ilk oyida O‘zbekistonda energoresurslar ishlab chiqarish qanday o‘zgardi?
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
11:29 / 28.02.2026