Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi bozorda kelib chiqqan janjal og‘ir shikast yetkazish bilan yakunlandi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 2 sentabr kuni soat 12:00da 37 yoshli B.T. shar'iy turmush o‘rtog‘i N.O‘.ni rashk qilganligi sababli, Andijon shahar Yorboshi MFYda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida 31 yoshli X.X. bilan o‘zaro janjallashgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, B.T. janjal vaqtida yog‘ochga qotirilgan o‘tkir tig‘li jism bilan X.X.ni bir marotaba urib, unga hayot uchun “og‘ir” bo‘lgan tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:32
Andijonda ta’lim mansabdorlari qimor o‘ynayotganda ushlangan
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
12:53 / 24.02.2026
Andijon viloyatida infratuzilma loyihalari moliyalashtirilishi kuchaytiriladi
09:42 / 14.02.2026