Xorazmda oilaviy kelishmovchilik tufayli er xotinining o‘limiga sababchi bo‘ldi
Tekshiruvni Urganch tumani prokuraturasi olib bormoqda.
2020 yil 16 sentabr kuni soat 01:30larda Xorazm viloyati Urganch tumani IIB Navbatchilik qismiga tuman kasalxonasidan xabar kelib tushgan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.
Xabarda Urganch tumani G‘alaba qishlog‘i "Qumrobod" mahallasida yashagan, 3 nafar farzandi bor, uy bekasi, 1976 yilda tug‘ilgan U.A.ning bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib o‘ldirilgan holdagi jasadi olib kelinganligi bildirilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, shu kuni soat 00:30larda U.A.ning uyida, turmush o‘rtog‘i, Rossiyada mavsumiy ishlovchi, 1976 yilda tug‘ilgan S.A o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib, qo‘llari bilan U.A.ni bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib o‘ldirganligi aniqlangan. Tekshiruvni tuman prokuraturasi olib bormoqda.
Bildirilishicha, 2020 yil 12 avgust kuni S.A. uyida turmush o‘rtog‘i U.A. bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlarini urib tan jarohati yetkazishgan. Ushbu holat bo‘yicha ikkalasi ham Urganch tumani IIBga ariza bilan murojaat qilishgan, arizalari bo‘yicha surishtiruv olib borilib, 2020 yil 21 avgust kuni Ma'muriy ishlar bo‘yicha Urganch tumani Sudi tomonidan S.A. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Surishtiruv davomida, S.A. va U.A. turmushdan ajrashish arafasida bo‘lishganligi, S.A. uyidagi buyumlar hamda U.A.ning tilla-taqinchoqlarini sotmoqchi ekanligini aytib yurganligi aniqlangan.
Mavzuga oid
13:30 / 17.09.2024
Urganchda 2,9 mlrd so‘mlik noqonuniy dori vositalari aniqlandi
00:26 / 28.07.2024
Yangiyo‘ldagi dahshatli qotillik. Hodisa joyidan reportaj
18:13 / 27.07.2024
Yangiyo‘l tumanida 5 kishini qasddan o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs ushlandi
12:15 / 27.07.2024