Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin choralari takroran kuchaytirilishiga sababning o‘zi yo‘q – Nurmat Otabekov
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Nurmat Otabekov 15 oktyabrdan karantin qaytadan joriy etilishi ehtimoli bo‘yicha izoh berdi. U AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilishicha, karantin choralarining takroran kuchaytirilishiga asos bo‘ladigan sababning o‘zi yo‘q.
«Koronavirus infeksiyasi bilan kurashishi uchun respublika sog‘liqni saqlash tizimi yetarli darajada dori vositalari, test sistemalar, shifo o‘rinlari, sun'iy nafas oldirish apparatlari, kislorod konsentratorlari va tibbiy maxsus kiyimlarning yetarli zaxirasi tashkil etilgan. Qolaversa, Covid-19 bilan kurashishda davlatimiz tibbiyot xodimlari xorijiy xamkasblari bilan muntazam aloqa o‘rnatdi va ilg‘or xalqaro tajribalarni respublikamiz tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish imkoniyati yaratildi», degan u.
Ikkinchidan, fuqarolarning o‘zini va yaqinlarini sog‘ligini saqlash uchun karantin qoidalariga qat'iy rioya qilishni davom ettirish kerak:
- Respublikada karantin bekor qilingani yo‘q, yumshatildi, xolos. Bu davrda yo‘l qo‘yilgan mas'uliyatsizlik, ushbu kasallikka chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, ba'zi yondosh kasalligi bor odamlarda og‘ir kechishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkinligini unutmaslik;
- odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda (istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, mahalla, ko‘chalar, savdo, transport va h.k) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari buzilishi holatlariga barham berish bo‘yicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz bo‘lish;
- fuqarolarga o‘zlari, yaqinlari va atrofdagilarning sog‘lig‘i uchun mas'ul ekanliklarini doimo eslatib turish, ularni tartibga chaqirish, shuningdek, turli surunkali kasalliklarga chalingan va koronavirusni og‘ir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aholi qatlamini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishda aholini vijdonan yondashishga chaqirish.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
13:28 / 10.02.2026
SSV «koronavirusga qarshi vaksina olganlar hayoti xavf ostidaligi» haqidagi xabarga munosabat bildirdi
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026