O‘zbekiston | 18:06 / 18.09.2020
36450
1 daqiqa o‘qiladi

«Qamchiq» dovonida qor yog‘moqda

Ayni vaqtda A-373 avtomobil yo‘lidan o‘tgan «Qamchiq» dovonida qor yog‘moqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

IIV YHXBB barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarni so‘ragan.

«Transport vositasi tezligini me'yoridan oshirmasdan boshqarishlarini so‘rab qolamiz», - deyiladi IIV axborotida.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» bugun O‘zbekiston hududi Volgabo‘yidan kelgan antitsiklonning sovuq va kam nam havosi ta'sirida bo‘lishini bildirgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid