Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda o‘n minglab kishilar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Foto: Getty Images
Namoyish qatnashchilari mamlakat hukumati, jumladan bosh vazir Prayut Chan-Ochaning iste'fosi hamda demokratiya va demokratik erkinliklarni talab qilishdi.
Tailandda hukumatga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi, unda o‘n minglab kishilar ishtirok etdi, deb xabar berdi "Bi-bi-si".
Namoyish qatnashchilari mamlakat hukumati, jumladan bosh vazir Prayut Chan-Ochaning iste'fosi hamda demokratiya va demokratik erkinliklarni talab qilishdi. Tailandda iyuldan buyon ana shunday namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda, ammo bu safargisi eng yirigi bo‘ldi.
Xalqni namoyishga chiqishga Bangkokdagi Tammasat universiteti talabalari chaqirgan. Politsiyaning ma'lumot berishicha, hozirda universitet kampusi yaqinida 15 mingga yaqin kishi qolgan, kunduzi ularning soni ikki baravar ko‘p bo‘lgan.
Prayut Chan-Ocha hukumat namoyishchilar "bolalar bo‘lganligi uchun yengil choralar" ko‘rishini aytdi.
Chan-Ocha mamlakatda davlat to‘ntarishi amalga oshirilgan 2014 yildan buyon bosh vazir lavozimini egallab kelmoqda.
Mavzuga oid
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
11:44 / 12.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi hududida uchta fuqarolik kemasiga hujum qilindi
16:18 / 21.02.2026