O‘zbekiston | 17:27 / 19.09.2020
5008
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda issiq suv ta'minotida rejali uzilishlar kuzatiladi

21-25 sentabr kunlari 2, 3 va 6-Issiqlik markazlari hamda “Suvsoz” va “Sanoatenergo” qozonxonalarining ta'minot yo‘nalishida issiq suv bo‘lmaydi.

Toshkent shahrida 2020-2021 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan tasdiqlangan dasturga asosan, 14 sentyabrdan boshlab poytaxtdagi Issiqlik markazlari va ularning yo‘nalishidagi quvurlarni yangi mavsumga tayyorlash ishlari olib boriladi. 

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan hududlardagi issiq suv ta'minotida rejali uzilishlar kuzatiladi. 

Xususan, 21-25 sentabr kunlari 2, 3 va 6-Issiqlik markazlari hamda “Suvsoz” va “Sanoatenergo” qozonxonalarining ta'minot yo‘nalishida issiq suv bo‘lmaydi.

2-IM ta'minot yo‘nalishidagi:

— Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Feruza, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6, Feruza, Bo‘z-2 dahalarida;

3-IM ta'minot yo‘nalishidagi:

— Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo, Gulobod ko‘chalari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M-10, 11, 13, 14, 26, 27, 28, B-1, B-2, B-3 dahalarida;

6-IM ta'minot yo‘nalishidagi:

— Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tolimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayxun, Surxon ko‘chalari, Qo‘yliq-1-7 dahalarida.

«Suvsoz» qozonxonasi ta'minot yo‘nalishidagi:

— Husayn Boyqaro ko‘chasi, «Suvsoz» mavzesida.

«Sanoatenergo» qozonxonasi ta'minot yo‘nalishidagi:

«Quruvchi» mavzesida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid