Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga zaharli modda solingan maktub Kanadadan jo‘natilgani aniqlandi
AQSh prezidenti Donald Trampga ichida ritsin zaharli moddasi bo‘lgan maktub Kanadadan jo‘natilgan. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari vakilining ta'kidlashicha, bunday maktublar Texas shtatidagi hukumat muassasalariga ham jo‘natilgan. Ayni vaqtda tergovchilar pochta orqali boshqa shunday maktublar jo‘natilganini tekshirishmoqda.
Ma'lum qilinishicha, tergov maktublar Kanadadan jo‘natilgan deb hisoblamoqda va bunda bir ayol gumon qilinnmoqda.
Hozircha tergovchilar zaharli maktub va xalqaro terrorchilik tashkilotlari o‘rtasida aloqa borligini aniqlashmagan. Biroq ta'kidlanishicha, tergov endigina boshlang‘ich bosqichda va versiyalardan birortasini istisno qilib bo‘lmaydi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, joriy haftada AQSh huquq-tartibot idoralari Tramp nomiga jo‘natilgan zaharli moddali maktubni ushlab qolishgan.
Ritsin yuqori darajadagi zahar bo‘lib, o‘tmishda undan terrorchilar bir necha marta foydalanishgan.
Bu Oq uy xodimlari xavfli jo‘natmalarni qo‘lga kiritayotgan birinchi hodisa emas. 2018 yilda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining sobiq xodimi Oq uy va Pentagonga ritsinli maktublar jo‘natishda ayblangan. Bunday zaharli modda solingan maktublar AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaga ham jo‘natilgan.
Mavzuga oid
20:56 / 26.09.2025
O‘g‘il aviahalokatga uchragan onasining xatini 24 yildan keyin oldi
21:12 / 18.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvi global bozorlarda jiddiy aks-sado bermadi
16:07 / 27.04.2025
«Titanik» yo‘lovchisi yozgan maktub 300 ming funtga sotildi
22:19 / 09.11.2024