Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chet tili o‘qituvchilarining tarkibi qayta ko‘rib chiqildi - XTV
Joriy yilning 14 sentabr kunidan boshlab maktab o‘quvchilari uchun televizion darslar uzatila boshlandi, deb yozmoqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, «Onlayn-maktab» loyihasi doirasida har kuni 100 dan ortiq (30-35 soat) darslar tasvirga olinmoqda. Mazkur darslarda imkon qadar xatolik o‘tmasligiga harakat qilinmoqda.
Biroq, 16 sentabr kuni efirga uzatilgan chet tili fani videodarsida ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
«Xalq ta'limi vazirligi tomonidan darslarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida chet tili o‘qituvchilarining tarkibi qayta ko‘rib chiqildi, dars muharriri almashtirildi hamda darslarda tajribali o‘qituvchilar jamoasini yanada kengaytirish maqsadida mahoratli pedagoglar uchun tanlov e'lon qilindi.
Keng jamoatchilik va ijtimoiy tarmoq faollaridan «Onlayn-maktab» loyihasida ishtirok etayotgan o‘qituvchilarni kamsitmaslikni so‘ramoqchimiz. Har birimiz xatolikka yo‘l qo‘yishimiz mumkin, ish bor joyda xatoliklar ham uchrab turadi. Lekin, bu xatoliklarning oldini olish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.
Umid qilamizki, bu vaziyat barchani o‘z vazifalarini bajarishda e'tiborliroq bo‘lishga va ishga professional yondashishga undaydi», - deyiladi ma'lumotda.
Vazirlik, hozirgi sharoitda o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib ham an'anaviy, ham masofaviy shaklda faoliyat olib borayotgan hamda videodarslarni tasvirga olish jarayonlariga jalb qilingan o‘qituvchilarga minnatdorchilik bildirgan.
Mavzuga oid
19:28 / 24.09.2025
Maktab o‘qituvchilaridan B2 til sertifikatini talab qilish muddati 2026 yilgacha uzaytirildi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
20:18 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
07:34 / 23.07.2024