Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonda uchta investitsiya loyihasida ishtirok etadi
Vazirlar Mahkamasining 9.09.2020 yildagi «Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banki ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 547-son qarori qabul qilindi.
Hujjat Prezidentning 28.12.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4553-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida qabul qilingan.
Norma’ning yozishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) o‘rtasida 16.12.2019 yilda imzolangan memorandumga muvofiq quyidagi uchta loyihani amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
- 2020-2021 yillarda Ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini tashkil etish (Data-markaz);
- «O‘zbektelekom» AKning xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini kengaytirish;
- «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya transport tarmog‘i va ma'lumotlarni uzatish tarmog‘ini kengaytirish.
Loyihalarni moliyalashtirish uchun JBIC va Yaponiyaning «Sumitomo Mitsui Banking Corporation» (SMBC) banki tomonidan jami $162,95 mln ekvivalentida yapon iyenasidagi kreditlar ajratiladi.
Hujjat bilan umumiy qiymati $193,73 mln.ga teng uchta loyihani moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi:
- JBIC'ning 10 yil muddatga, JPY CIRR plyus 1,48 foiz, shu jumladan TIF Milliy bankining 0,5 foiz miqdoridagi bank marjasiga teng yillik foiz stavkada $138,51 mln ekvivalentida yapon iyenasidagi krediti;
- SMBC'ning 6 yil muddatga, 6 oylik LIBOR plyus 4 foiz, shu jumladan TIF Milliy bankining 0,5 foiz miqdoridagi bank marjasiga teng bo‘lgan yillik foiz stavkada $24,4 mln ekvivalentida yapon iyenasidagi krediti;
- «O‘zbektelekom» AKning $6,42 mln miqdoridagi o‘z mablag‘lari;
- O‘zbekistonning $24,36 mln miqdorida soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish ko‘rinishidagi ulushi.
«O‘zbektelekom» AK JBIC va SMBC kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan ijro organi hisoblanadi, shuningdek kreditlarni qaytarish, shu jumladan majburiyat komissiyasi, foizlar va boshqa xarajatlar bilan bog‘liq to‘lovlar kompaniyaning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Loyihalarning TIA parametrlari qarorga ilovalarda keltirilgan.
Hujjat 10.09.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
16:44
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026