Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT odamlarning istaklari va qo‘rquvlarini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi
Foto: iStock
BMT dunyodagi odamlarning nimalarni istashlari va nimalardan qo‘rqishlarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda butun dunyodan milliondan ko‘proq odam ishtirok etdi.
BMT ushbu so‘rovnomani 75 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazdi. “BMT 75: biz istayotgan kelajak, bizga kerak bo‘lgan BMT” deb nomlangan tadqiqot natijalari 21 sentyabrda taqdim etildi. Ekspertlar odamlar o‘z hukumatlari va xalqaro tashkilotlardan nimalarni kutishlarini aniqlashgan.
Tadqiqotga ko‘ra, odamlar istayotgan birinchi navbatdagi narsalar sog‘liqni saqlash tizimi, toza suv, gigiyena vositalari va ta'lim olish imkoniyatlariga ega bo‘lish hisoblanar ekan.
So‘ralganlardan 300 ming nafari sog‘liqni saqlashni alohida ta'kidlab o‘tgan. Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, so‘rovnoma ishtirokchilaridan 72 foizi sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalana olish darajasi kelgusida hozirgidek darajada qolishi yoki yaxshilanishini aytishgan.
Shuningdek, odamlar “nochorlik, tengsizlik va ishchizlikka barham berilishini” ustuvor maqsad, deb hisoblashadi. Respondentlar uzoq muddatli maqsadlar orasida “ta'lim imkoniyatlaridan barchaning foydalana olishi va ayollar tenghuquqligini” aytib o‘tishgan.
Shuningdek, tadqiqotda sayyoramizdagi odamlar nimalardan ko‘proq qo‘rqishlari aniqlashtirilgan. Bu qo‘rquvlar quyidagilardan iborat ekan:
- iqlimning sezilarli o‘zgarishi - respondentlardan 49 foizi sayyoramizda ekologik vaziyat yomonlashmoqda, deb hisoblaydi;
- korrupsiya - 41 foiz so‘ralganlar fikricha, bu borada vaziyat yomonlashmoqda;
- nochorlik;
- ixtiloflar.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Bosh assambleyasining tantanali yig‘ilishidagi nutqida o‘z fuqarolari istaklarini ro‘yobga chiqarish davlatlar majburiyati hisoblanishini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
21:19 / 12.03.2026
Eronda 3 milliondan ortiq aholi urush tufayli uylarini tark etdi – BMT
09:19 / 12.03.2026
BMT Xavfsizlik kengashi: Eron qo‘shni mamlakatlarga hujumlarni to‘xtatishi kerak
17:48 / 11.03.2026
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tashabbusi bilan Xalqaro qahva kunini ta’sis etdi
13:36 / 10.03.2026