Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qonunlarimizda korrupsiogen holatlar mavjud» – Senat raisi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva O‘zbekiston qonunchligidagi kamchiliklar haqida gapirib o‘tdi. U ilgari ishlab chiqilgan qonunlar hozirgi kun talabiga javob bermasligini qayd etgan.
Foto: Senat matbuot xizmati
«Parlamentning asosiy faoliyati tez qadamlar bilan ketayotgan islohotlarning qonuniy asoslarini yaratish va mustahkamlashdir. Yillar davomida ishlab chiqilgan qonunlar bugungi kun talabiga javob bermasligini ko‘rdik.
Qonunlarda ko‘plab korrupsiogen holatlar mavjud. Ularda islohotlarga to‘siq bo‘ladigan ko‘plab moddalar bor. Bularni bartaraf qilish bo‘yicha Oliy Majlisning ikki palatasi tomonidan ham tahliliy, ham qonunchilik ishlari amalga oshirilyapti», dedi Norboyeva «O‘zbekiston-24» telekanaliga bergan intervyusida.
Senat raisi parlament oldida ijro hokimiyatining hisobdorligi oshganini ham qayd etib o‘tgan.
«Ilgari qonunlarda yozilsa ham, amalda bu narsa yo‘q edi. Ya'ni parlamentning hukumatni shakllantirishi, hukumatning uning oldida hisobdorligi masalasi. Lavozimiga loyiqmi, loyiq emasmi degan masala parlament a'zolarining diqqat markazida turibdi. Bosh vazirdan tortib barcha vazirlar lavozimiga tayinlanishida parlament muhokamasidan o‘tadi.
Ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni qay darajada bajarayotgani bo‘yicha quyi va yuqori palataga hisobot bermoqda. Agar lavozimiga loyiq bo‘lmasa, parlament buni bemalol ayta oladi. Hokimlar ham hududlardagi islohotlar qay darajada amalga oshirilayotgani bo‘yicha parlamentga hisobot beryapti», dedi Tanzila Norboyeva.
Mavzuga oid
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
19:12 / 24.11.2025
O‘zbekistonda ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
19:25 / 14.11.2025
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo Assambleya majlisida qator tashabbuslarni ilgari surdi
11:03 / 05.11.2025