Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi
13 sentyabrda Chexiya va Avstriya koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e'lon qilgandi.
Yevropaning qator mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Bu haqda sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha yevrokomissar Stella Kiriakidisga tayanib Yevropa kasalliklarni profilaktika va nazorat qilish markazi (ECDC) xabar berdi.
«Hozirda ayrim mamlakatlardagi vaziyat mart oyidagidan ham yomonroq. Bu qattiq tashvishlantirmoqda», — deb ta'kidlagan u.
Yevrokomissarning so‘zlariga ko‘ra, YeI zudlik bilan javob qaytarishga tayyor turishi kerak. Kiriakidisning fikricha, Yevropada kasallik tarqalishi bahordagi kabi avj olishini to‘xtatish uchun oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin, shu sababli darhol epidemiologik choralarni ko‘rish lozim.
13 sentyabrda Chexiya va Avstriya koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e'lon qilgandi.
Chexiyadagi shifoxonalar quvvati og‘ir alomatlarga ega kasallarni qabul qilish uchun yetarlicha bo‘lmasligi mumkin, degandi Chexiyaning bosh epidemiologi Roman Primula. Avstriya kansleri Sebastyan Kurs profilaktika tadbirlariga rioya qilishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
08:22
Yevropada elektromobillarni eng ko‘p qaysi mamlakatlar xarid qilmoqda?
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026