Jahon | 17:43 / 24.09.2020
4459
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Ukrainada koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e'lon qildi

Koronavirus epidemiyasi tarqalishini monitoring qilish tizimining ma'lumot berishicha, mamlakatda oxirgi vaqtda sutkasiga 3 mingdan ortiq yangi holatlar qayd etilmoqda.

Foto: ukrinform.ua

Ukrainada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning ikkinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ma'lum qildi.

"Hozirda butun dunyoda, Ukraina ham bundan mustasno emas, kasallik avj olmoqda va bemorlar soni ortmoqda. Shu bois bugungi kunda xorijlik fuqarolarga kirish taqiqlandi. Bu to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman", - dedi Zelenskiy.

"Bugun kuniga 3 ming nafar bemor aniqlanmoqda. Afsuski, bu Ukrainadagi ikkinchi to‘lqindir. Biz ukrainaliklarning ham, Ukrainaga keladigan boshqa mamlakatlar fuqarolarini ham xavf ostiga qo‘ya olmaymiz. Vaziyat barqarorlashganidan keyin chegaralar albatta ochiladi", - deb qayd etdi u.

 Koronavirus epidemiyasi tarqalishini monitoring qilish tizimining ma'lumot berishicha, mamlakatda oxirgi vaqtda sutkasiga 3 mingdan ortiq yangi holatlar qayd etilmoqda.

 24 sentabr kuni 3372ta yangi holat qayd etilgan, 52 bemor vafot etgan. Bir kun avval esa 3497 yangi bemor qayd etilgan.

Ukrainada pandemiya boshlanganidan buyon jami kasallanganlar soni 188,1 mingdan oshgan, 3757 kishi vafot etgan.

Avvalroq sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha yevrokomissar Stella Kiriakidis Yevropaning qator mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yomonlashganini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid