Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiya Turkiya ustidan Xalqaro sudga murojaat qilishi mumkinligini bildirdi
Gretsiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning harakatlari xalqaro huquqni buzmoqda hamda mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdid solmoqda.
Foto: Anadolu
Agarda Turkiya bilan nizoni muloqot yo‘li orqali hal qilishning imkoni bo‘lmasa, Gretsiya BMT Xalqaro sudiga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning harakatlari xalqaro huquqni buzmoqda hamda mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga tahdid solmoqda.
"Kelinglar, gaplashamiz. Kelinglar, umumiy yechim izlaymiz. Kelinglar, diplomatiyaga imkon beramiz. Ammo agarda kelishuvga erisha olmasak, Gaagadagi Xalqaro sudning donoligiga ishonishimizga to‘g‘ri keladi", dedi Gretsiya bosh vaziri.
Shu yilning yozida Gretsiya Italiya va Misr bilan dengiz hududlarini chegaralash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bunga javoban Anqara Gretsiya-Misr kelishuvini tan olmasligini bildirdi va Kastelorizo oroli yaqinidagi dengiz shelfiga harbiy kemalar hamrohligida o‘zining Oruc Reis kemasini seysmik razvedkaga jo‘natdi.
Gretsiya esa qurolli kuchlarini shay holatga keltirdi va suveren huquqlarini himoya qilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
18:16 / 21.01.2026
Erdo‘g‘an O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va kuch tuzilmalari rahbarlarini qabul qildi
10:40 / 21.01.2026
Turkiyada qamoqdagi o‘zbeklar bilan konsullik suhbati o‘tkazildi
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
18:21 / 15.01.2026