Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada yana cheklovlar joriy etilmoqda
Moskvada 28 sentabr kunidan boshlab ba'zi karantin cheklovlari joriy etiladi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin o‘z blogida ma'lum qilgan.
«Qadrli do‘stlar! Men avvalo shahrimizning yoshi katta vakillariga murojaat qilmoqchiman. Umuman olganda esa, bu murojaatim barcha moskvaliklarga qaratilgan. Odamlarni doim uyda ushlab turishning imkoni yo‘q. Shu sabab yozda ko‘pchilik o‘z ish joyiga qaytdi. Biroq bugun sizlardan imkon boricha ko‘proq ishchilaringizni masofaviy ishlashga o‘tkazishingizni iltimos qilaman. Korxona faoliyati va iste'molchilar ehtiyojlariga ta'sir qilmaydigan darajada, albatta», degan Sobyanin moskvaliklarga murojaatida.
Moskva meri ish joyida sanitariya talablariga rioya qilish va 65 yoshdan katta kishilar imkon qadar uydan chiqmasligini so‘ragan. Yoshi katta xodimlarga ham masofadan ishlash yoki mehnat ta'tiliga chiqish tavsiya qilingan.
Yangi cheklovlar 28 sentyabrdan amal qila boshlaydi. Sobyanin bu cheklovlar joriy qilinishini Yevropada koronavirusdan zararlanish holatlari soni yana keskin oshgani bilan izohladi.
«Avgustdan boshlab Yevropada kasallanganlar soni keskin osha boshladi. Afsuski, Moskvada ham. Buning ustiga sovuq kunlar kelmoqda va bu shamollash kasalliklari ortishiga olib keladi», deb yozgan Sobyanin. U shamollagan odamlarning koronavirus yuqtirishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Ma'lumot uchun, 24 sentabr kuni Moskvada oxirgi uch oyda ilk marta kunlik kasallanish holati mingdan ortiq bo‘ldi. Rossiyada koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 1,13 milliondan oshgan. Kasallik mamlakatda 20 mingga yaqin odamning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026