Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Blumbergni jinoyat sodir etganlikda aybladi
Maykl Blumberg "Floridada huquqlarni tiklash koalitsiyasi" tashkiloti bilan birgalikda 32 ming nafar sobiq mahbusga qarzlarini to‘lashda yordam bergan.
Milliarder Maykl Blumberg Floridada 32 mingga yaqin sobiq mahbusning qarzlarini to‘lab qonunni buzdi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
"Uning bu ishi mutlaqo noqonuniy. Bu jinoyat deb o‘ylayman. U odamlarga pul beryapti – u odamlar ovoz berishi uchun pul to‘layapti. U: mana pul, endi faqat demokratlar uchun ovoz beringlar deyapti, shundaymi? " – dedi u Fox News telekanalida qilgan chiqishida.
Blumberg "Floridada huquqlarni tiklash koalitsiyasi" tashkiloti bilan birgalikda 32 ming nafar sobiq mahbusga qarzlarini to‘lashda yordam berdi. Gap jarimalari miqdori 1,5 ming dollardan kam bo‘lgan afroamerikaliklar yoki lotinamerikaliklar to‘g‘risida bormoqda. Shtat qonuniga ko‘ra, sobiq mahbuslar ovoz berish huquqini olish uchun barcha qarzlarini so‘ndirishi kerak.
Florida saylovchilar istalgan nomzodga yon bosishi mumkin bo‘lgan tebranuvchi shtatlar deb ataladigan sakkiz shtatdan biri hisoblanadi.
AQShda prezident saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Donald Tramp demokratlar nomzodi Jo Bayden bilan prezidentlikka saylanish uchun kurash olib boradi.
Mavzuga oid
21:12 / 18.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvi global bozorlarda jiddiy aks-sado bermadi
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
23:01 / 23.01.2023
Forbes Amerikaning eng saxovatli milliarderlari reytingini taqdim qildi
15:51 / 14.04.2022