Jahon | 21:39 / 26.09.2020
6335
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada qadimiy choynak qariyb 500 ming dollarga sotildi

Foto: Instagram/hansons_auctioneers

Qadimiy choynakning boshlang‘ich narxi 50 ming dollar atrofida etib belgilangandi, ammo sakkiz xaridor muntazam ravishda narxni oshirgani uchun u o‘n baravar qimmatiga sotildi.

Britaniya fuqarosi uyi chordog‘idan topib olgan imperator Tsyanlun davriga oid choynak Hansons Auctioneer auksionida 495 ming dollarga sotildi, deb yozmoqda UPI portali.

Choynak egasining aytishicha, mazkur buyum unga bobosidan meros qolgan bo‘lib, choynakni Ikkinchi jahon urushi vaqtida Osiyodan olib kelgan.  

Qadimiy choynakning boshlang‘ich narxi 50 ming dollar atrofida etib belgilangandi, ammo sakkiz xaridor muntazam ravishda narxni oshirgani uchun u o‘n baravar qimmatiga sotildi.

Uni sotib olgan shaxs ismini oshkor qilishni istamagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid