Jahon | 08:27 / 28.09.2020
2809
2 daqiqa o‘qiladi

G20 sammiti noyabrda onlayn-formatda o‘tadi

“Katta yigirmatalik” davlatlari yetakchilarining Saudiya Arabistoni raisligidagi sammiti 21-22 noyabrda onlayn-formatda o‘tadi. Bunday ma'lumot  G20 saytida e'lon qilindi.

Ta'kidlanishicha, sammit koronavirus tarqalishi ortida “hayotlarni himoya qilish” va iqtisodiy o‘sishning tiklanishiga bag‘ishlanadi. Tadbirda, shuningdek, pandemiya vaqtida aniqlangan zaif tomonlar bilan kurashish masalasi muhokama qilinadi. 

G20’da ma'lum qilinishicha, dori-darmon, vaksina ishlab chiqarilishi, tarqatilishi va taqdim qilinishi uchun 21 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratilgan. “Katta yigirmatalik”, shuningdek, jahon iqtisodiyotini himoyalash uchun yana 11 trln dollar yo‘naltirgan va eng kam rivojlangan davlatlar qarzlarini to‘lashlarini to‘xtatishi bo‘yicha dasturni ishga tushirgan.  

G20 tarkibiga quyidagi davlatlar kiradi: Argentina, Avstraliya, Braziliya, Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, JAR, Yaponiya, Yevropa ittifoqi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid