Sport | 13:55 / 28.09.2020
6898
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Paxtakor» chorakfinalda ham Eron klubiga qarshi to‘p suradi

Bir necha daqiqalar oldin Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo Chempionlar ligasi chorakfinal bosqichi G‘arb mintaqasi uchun qur'a tashlash marosimi yakunlandi.

Foto : KUN.UZ

Jamoalarni sharchalarga OFK musobaqalar va futbol bo‘limi direktori o‘rinbosari, o‘zbekistonlik mutaxassis Avaz Berdiqulov joylab chiqdi.

Qur'a yakunlariga ko‘ra, Toshkentning «Paxtakor» jamoasi chorakfinalda Eronning yana bir klubi «Persepolis» bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. Yarimfinalchini aniqlab beradigan o‘yin 30 sentabr kuni «Jassim Bin Hamad» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:45da boshlanadi.

Ikkinchi juflikda Saudiya Arabistonining ikki klubi - «An-Nassr» va «Al Ahli» to‘qnash kelib, yarimfinalga chiqadigan klub nomi ma'lum bo‘ladi. Ushbu bahs ham 30 sentabr kuni o‘tkaziladi.

Ma'lumot uchun, «Paxtakor» nimchorakfinalda ham Eron klubi bilan to‘qnash kelib, «Istiqlol» ustidan 2:1 hisobida zafar quchgandi. «Persipolis» esa Xavi murabbiyligidagi «As-Sadd»ni turnirdan chiqarib yuborgandi.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid