Jahon | 22:19 / 29.09.2020
3013
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusdagi Tut.by nashri uch oyga OAV maqomidan mahrum qilindi

Tahririyatning bildirishicha, prezident saylovidan so‘ng nashr Belarus axborot vazirligidan chop etgan materiallari bo‘yicha to‘rt marta ogohlantirish olgan.

Foto: Tut.by

Belarusda namoyishlar boshlanganidan buyon eng ko‘p o‘qiladigan yangiliklar portallaridan biriga aylangan Tut.by nashri uch oy muddatga ommaviy axborot vositasi maqomidan mahrum qilindi. Bu haqda Tut.by nashri xabar berdi.

«Axborot vaziri Igor Lutskiyning 29 sentyabrdagi buyrug‘iga ko‘ra, TUT.BY uchun 2020 yil 1 oktyabrdan tarmoq nashri maqomidan foydalanish imkoniyati to‘xtatildi», — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga nashrning qayd etishicha, yangiliklar chiqishda davom etadi, tahririyat OAV maqomisiz internet-resurs sifatida ishlaydi.

OAV maqomidan mahrum bo‘lish jurnalistlarni qurolli to‘qnashuvlar yoki favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududlarda, ommaviy tadbirlarda, muhim tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarda ishlash va u yerdan axborot berish imkoniyatidan mahrum qiladi. 

Tahririyatning bildirishicha, prezident saylovidan so‘ng nashr Belarus axborot vazirligidan chop etgan materiallari bo‘yicha to‘rt marta ogohlantirish olgan.

Tut.by 2000 yilda tashkil etilgan va dastlab yangiliklar berish hamda elektron pochta xizmatiga ixtisoslashgan.

Mavzuga oid