Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Litvada. U Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashadi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan Litvada bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Makron mintaqadagi ko‘plab muhim mavzular haqida gapirdi.
Makron oxirgi 19 yil ichida Litvaga borgan ilk Fransiya prezidenti bo‘ldi. U Litvaga borganidan mamnunligi va qiyin kunlarda uni juda yaxshi kutib olishganidan xursand bo‘lganini aytdi. O‘z navbatida, Litva prezidenti Gitanas Nauseda Fransiya yetakchisining tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yanada yaxshilanishiga olib kelishini ma'lum qildi.
Makron Litva Yevropa oilasidagi o‘z o‘rniga qaytayotganini aytib, 19 yil ichidagi Litvaga borgan ilk Fransiya prezidenti sifatida bu mamlakat qanday yo‘l bosib o‘tganini aytishga haqli ekanini ta'kidladi. Fransiya yetakchisi Litvaning olib borayotgan islohotlarini qo‘llab-quvvatladi.
Makron tashrif davomida Rossiya bilan munosabatlari haqida ham gapirdi: «Strategik jihatdan davlatlar bilan muloqot olib borish juda muhim. Biz hurmat va shaffoflik asosida olib borayotgan muloqotlar chegaralarimizdagi mojarolar hal etilgan davrda yashashimizga imkon beradi.
Yevropada tinchlikka faqat Rossiya bilan hamkorlikda erishish mumkin. Chunki hududning geografiyasi va tarixi shuni talab qiladi. Biz xuddi Rossiyadan olisdagi orolda bo‘lgandek yashay olmaymiz. Shu sabab o‘zaro xavfsizlik rejasini ishlab chiqish, hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqish kerak. Bu esa Yevropa suverenitetining mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi», degan Makron.
Fransiya prezidenti tashrif davomida Ukraina va Belarus haqida ham fikr bildirdi. U Belarusga nisbatan qo‘llangan sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlab, Aleksandr Lukashenkoning saylovlarda g‘alaba qozongani va uning prezidentligini tan olmasligini ma'lum qildi.
Litva prezidenti Gitanas Nauseda Makrondan Belarusdagi siyosiy inqirozni yaxshilashda qatnashishini so‘radi. Fransiya prezidenti esa Litvada bo‘lib turgan va Belarus prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini aytayotgan muxolifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashishga roziligini ma'lum qildi. OAVga ko‘ra, bugun 29 sentabr kuni Makron va Tixanovskaya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Oldinroq Le Figaro nashriga intervyu bergan Svetlana Tixanovskaya Rossiyada Belarus masalasida Fransiya prezidentining fikrlarini inobatga olishlari mumkinligini aytgandi.
Ma'lumot uchun, Boltiq bo‘yi davlatlari Latviya, Litva va Estoniya Aleksandr Lukashenko hamda Belarus hukumatidagi yana 29 kishiga nisbatan sanksiya e'lon qilgan. Ularga Latviya, Litva hamda Estoniyaga kirish taqiqlangan. 1-2 oktabr kunlari o‘tkazilishi kutilayotgan Yevropa Ittifoqi kengashida ittifoqning Belarus bo‘yicha qarori qabul qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
10:56 / 27.05.2026