Jahon | 21:04 / 30.09.2020
1964
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada 21 oylik antirekorddan keyin hukumat shakllantirildi   

Belgiyada to‘laqonli hukumatni shakllantirish uchun 653 kun talab etildi. Bu o‘ziga xos antirekord bo‘lib, avvalgi “rekord” ham Belgiyaga tegishli bo‘lgan.  

Foto: saga.ua

Belgiyaning yangi hukumati 1 oktyabrda qasamyod keltiradi va o‘z ishini boshlaydi.   

Yangi bosh vazir Aleksandr de Kroo bo‘ladi, hukmron koalitsiyaga 7 ta siyosiy partiya kirdi.

Shu bilan birga koalitsiyaga 2019 yil mayidagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan ikkita flamand radikal partiyasi - Nieuw-Vlaamse Alliantie va Vlaams belang kiritilmagan.

Shu tariqa, Belgiyaning yangi hukumati 21 oylik siyosiy inqirozdan keyin shakllantirildi. Avvalgi antirekord 2010-2011 yillarda qayd qilingan bo‘lib, u 589 kunni tashkil qilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid