Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai qadam tashlab yuruvchi avtomobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi
Hyundai kompaniyasi turli sirtlardan maksimal o‘tuvchan (UMV - Ultimate Mobility Vehicles) transport vositasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi New Horizons Studio bo‘linmasi shakllantirilishini e'lon qildi. UMV toifasidagi vositalarga Las-Vegasdagi CES ko‘rgazmasida taqdim qilingan qadam tashlab yuruvchi Elevate konsepti kiradi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, New Horizons Studio mashinalari birinchi navbatda o‘tish o‘ta qiyin bo‘lgan, jumladan avtomobillarda borib bo‘lmaydigan joylar bo‘ylab sayohat qiluvchilar uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, bunday mashinalar yo‘llar bo‘lmagan hududlarda ishlashiga to‘g‘ri keluvchi turli favqulodda xizmatlar e'tiborini tortishi mumkin. Shuningdek, avtomobil imkoniyati cheklangan kishilar uchun asqotadi.
Yangi bo‘linmaga Hyundai vitse-prezidenti Jon Su rahbarlik qiladi.
“Biz transformerlar toifasidagi dunyodagi ilk avtomobilni yaratmoqchimiz”, deb aytgan Jon Su.
New Horizons Studio’ning birinchi mashinasi Elevate’ning seriyali versiyasi bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Elevate robotlashtirilgan bukiluvchi “oyoq”larga biriktirilgan oddiy g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Mashina zarurat tug‘ilganda nafaqat yurishi, balki turli murakkab sirtlar bo‘yicha qadam tashlab yurishi va ularga o‘rmalab chiqishi ham mumkin. Muhandislarning ta'kidlashicha, Elevate 2 metr balandlikdagi to‘siqni bemalol oshib o‘tishi mumkin.

Mashina elektr kuch qurilmasi yordamida harakatlanadi. U, shuningdek, avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
09:15 / 02.02.2026
Hyundai Rossiyadagi zavodni qayta sotib olish huquqidan foydalanmadi
14:31 / 12.09.2025
Hyundai’ning Amerikadagi zavodi ochilishi reydni deb 2 oyga kechikadigan bo‘ldi
17:22 / 06.09.2025
Amerikadagi Hyundai zavodida migratsion operatsiya: 500 ga yaqin kishi qo‘lga olindi, Seul Vashingtonni ogohlantirdi
22:59 / 09.01.2025