Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki kambag‘al davlatlarga vaksina uchun 12 milliard dollar ajratadi
Jahon banki kambag‘al va rivojlanayotgan mamlakatlarga vaksina sotib olishda yordam beradi. Bu haqda Reuters yozmoqda.
Manbada aytilishicha, vaksina tayyor bo‘lib, sotuvga chiqarilgach, Jahon banki bu loyihani amalga oshirishga kirishadi.
Reuters bilan suhbatda Jahon banki prezidenti Devid Malpass kambag‘al davlatlarga vaksina sotib olishda yordam berish uchun bank tomonidan 12 milliard dollar ajratilishini aytgan. Shuningdek, tashkilot mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash, ishsizlarga yordam berish loyihalariga keyingi 15 oy davomida 160 milliard dollar ajratishi ko‘zda tutilgan.
Dunyoning iqtisodiy kuchli davlatlari allaqachon vaksina uchun pul sarflashni boshlagan. Masalan, AQSh mahalliy, shuningdek, Britaniya va Germaniya farmatsevtika korxonalariga bir necha million dozada vaksina yetkazib berish uchun 3 milliard dollar ajratgan.
Jahon banki mamlakatlarga vaksina uchun pul ajratishni keyingi 12-18 oy ichida amalga oshirmoqchi. Katta ehtimol bilan pullar davlatlarga yuborilmaydi va ular sotib olgan vaksina uchun ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga to‘lab beriladi. Shu tariqa ajratilajak mablag‘ aynan ko‘zlangan maqsad uchun sarflanishiga erishiladi.
Jahon banki prezidenti Devid Malpassning aytishicha, bankning boshqaruv kengashi tez orada bu loyihani tasdiqlaydi. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, vaksina ko‘rinishida yordam olgan kambag‘al davlatlar iqtisodiyoti yaxshi tomonga o‘zgaradi.
Ma'lumot uchun, JSST hali birorta vaksinani qo‘llash mumkinligi haqida e'lon qilmagan. Faqatgina Rossiyada vaksina ishlab chiqarish va uni qo‘llash boshlangan. Biroq bu vaksinaning tarkibi va ishlab chiqarilish tartibi aniq bo‘lmagani sabab JSST uni tavsiya qilmagan. Rossiya ishlab chiqargan vaksinaning eksport narxi ikki doza uchun 10 dollar ekani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
11:44 / 23.04.2026