Rossiya «dunyodagi ilk vaksina» sifatida röyxatdan ötkazilgan koronavirus vaksinasini işlab çiqarişni boşladi. N.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya markazi vaksinaning birinçi partiyasini işlab çiqarib böldi. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Işçi nomi «Gam-KOVID-Vak», bozor nomi esa «Sputnik-V» bölgan vaksina muşaklar orqali yuborişga möljallangan. U ikkita 0,5 ml hajmli ampuladan iborat böladi. Bu haqda RBK yozgan.
11 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat dunyoda birinçi bölib koronavirus vaksinasini röyxatdan ötkazgani va uning qizlaridan biri ham sinov emlaşida qatnaşganini ma'lum qilgandi. Putin qizi ikkita emlaşdan keyin isitmasi 37 va 38 darajaga kötarilgani, keyin u özini yaxşi his qilganini aytgandi.
Rossiya soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko vaksinani işlab çiqariş bilan Gamaleya nomidagi markaz şuğullanişini aytgandi. Şuningdek, «Binnofarm» kompaniyasi ham vaksina işlab çiqarişda qatnaşadi. Keyinçalik mamlakatdagi boşqa farmatsevtika kompaniyalari ham vaksina işlab çiqarişga jalb qilinadi.
Ma'lumot uçun, Rossiya 20 ta mamlakatdan 1 milliard doza buyurtma olgan. Rossiyada emlaş birinçi bölib tibbiyot xodimlari va öqituvçilarda amalga oşiriladi. Vladimir Putin vaksina yetarliça sinovlardan ötgani va u işonçli ekanini aytgandi.
AQŞ boş infeksionisti Entoni Fauçi Rossiya işlab çiqargan vaksinaga işonçsizlik bildirib, vaksina işlab çiqariş va uning xavfsizligini isbotlaş boşqa-boşqa narsa ekanini aytgandi.
Rossiyadagi «Spravoçnik vraça» xizmati Rossiyadagi şifokorlar örtasida sörovnoma ötkazgan. Unda qatnaşgan 3 ming atrofidagi şifokordan 52 foizi vaksinani qabul qilişni xohlamasligini ma'lum qilgan. 24,5 foiz şifokorlar esa rozi bölişgan. Qarşi bölganlarning 66 foizi rad javobi berganining sababi sifatida vaksina xavfsiz ekanini isbotlovçi faktlar yetarli emasligini keltirgan. 48 foiz rad javobi berganlar esa vaksina juda tez işlab çiqarilganiga şubha bildirgan.












