Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marsda tuzli ko‘llar topildi
Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, tizim to‘rtta suv havzasidan iborat bo‘lib, ulardan eng kattasining kengligi 30 kilometrni tashkil etadi. Ko‘llar bir yarim kilometr chuqurlikda joylashgan.
Foto: ESA / Wikimedia Commons
Italiyalik olimlar Marsning janubiy qutbidagi muzliklar ostida sho‘r ko‘llar tizimi borligini aniqlashdi. Bu haqda Nature Astronomy jurnali xabar bermoqda.
Olimlar Mars Express orbital zondi orqali 2010 yildan 2019 yilgacha olingan ma'lumotlar asosida ana shunday xulosaga kelishgan.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, tizim to‘rtta suv havzasidan iborat bo‘lib, ulardan eng kattasining kengligi 30 kilometrni tashkil etadi. Ko‘llar bir yarim kilometr chuqurlikda joylashgan.
Olimlarning qayd etishicha, suyuq holatdagi suvning mavjudligi Marsda mikrobli hayot borligi ehtimolini oshiradi, ammo buni isbotlash uchun tadqiqotlar davom etishi lozim.
Mavzuga oid
14:38 / 14.11.2025
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi
11:30 / 24.10.2025
Oy va Marsdagi hayot simulyatsiyasining tarixdagi eng yirik sinovi start oldi
08:00 / 20.10.2025
Mask Marsdagi koloniya uchun minimal qancha kishi kerak bo‘lishini hisoblab chiqdi
21:44 / 26.09.2025